Barak O‘zbekistonga o‘tdi, Qirg‘izistonga 208 gektar yer berildi

Описание к видео Barak O‘zbekistonga o‘tdi, Qirg‘izistonga 208 gektar yer berildi

Ўзбекистон ҳудудидаги Барак анклави аҳолиси Ўш вилоятининг Қорасув туманига кўчирилди. Маҳаллий ҳокимият маълумотларига кўра, мазкур қишлоқда 900 нафардан зиёд одам истиқомат қилган. Ўзбекистон 2013 йилда Қирғизистоннинг Оқтош қишлоғидан икки километрча узоқликдаги Барак йўлини бир томонлама ёпиб қўйганидан сўнг қишлоқ аҳли Қирғизистонга кириш учун 300 километр йўл юриб, чегарани айланиб ўтишга мажбур бўлиб қолган. Шу сабабли маҳаллий аҳоли Қирғизистон ҳукуматидан уларни кўчириб кетишни сўраган. Қирғизистон ҳукумати Барак анклавини Ўзбекистон билан алмаштириб, бунинг эвазига 208 гектар ер олганини билдирган.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

O‘zbekiston hududidagi Barak anklavi aholisi O‘sh viloyatining Qorasuv tumaniga ko‘chirildi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qishloqda 900 nafardan ziyod odam istiqomat qilgan. O‘zbekiston 2013 yilda Qirg‘izistonning Oqtosh qishlog‘idan ikki kilometrcha uzoqlikdagi Barak yo‘lini bir tomonlama yopib qo‘yganidan so‘ng qishloq ahli Qirg‘izistonga kirish uchun 300 kilometr yo‘l yurib, chegarani aylanib o‘tishga majbur bo‘lib qolgan. Shu sababli mahalliy aholi Qirg‘iziston hukumatidan ularni ko‘chirib ketishni so‘ragan. Qirg‘iziston hukumati Barak anklavini O‘zbekiston bilan almashtirib, buning evaziga 208 gektar yer olganini bildirgan.

#ozodlik #tashkent #uzbekistan #mirziyoyev #toshkent #yangiliklar #yangiliklar

Комментарии

Информация по комментариям в разработке